Tahlillarni qanday topshirish kerak:
Qon tahlili ertalab och qoringa topshiriladi. Tekshiruvdan oldin og‘ir, achchiq va yog‘li ovqatlardan saqlaning, shuningdek spirtli ichimliklar iste’mol qilmang.
Ba’zi gormonlar (TTG, paratgormon) sutkalik o‘zgarishlarga ega bo‘lgani uchun ularni faqat soat 11:00 gacha topshirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, natijalarga ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish kerak: jismoniy zo‘riqish (yugurish, zinadan ko‘tarilish), hissiy hayajon. Shu sababli muolajadan oldin 10–15 daqiqa kutish xonasida dam oling va tinchlaning.
Siydik va najas tahliliga tayyorgarlik:
Tahlil topshirish uchun klinikamizdan maxsus konteyner oling.
Siydik yig‘ishdan oldin gigiyena qoidalariga rioya qiling, aks holda natijalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Tahlildan bir kun oldin siydik va najas rangini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni (lavlagi, sabzi, temir va mis preparatlari) iste’mol qilmang, diuretiklarni qabul qilmang.
Najas tahlili uchun ich suradigan dorilarni qabul qilish taqiqlanadi.
Shuni ham hisobga olingki, ayrim tahlillar uchun qo‘shimcha tayyorgarlik talab qilinadi. Batafsil ma’lumot olish uchun ariza qoldiring, call-markaz mutaxassislari siz bilan bog‘lanib maslahat berishadi.