Bu haqda yaqinlar bilan, hatto shifokorlar bilan ham gapirishga uyalishadi: intim salomatlik muammolari hanuzgacha tabu mavzu hisoblanadi.
Ammo tos tubi mushaklari tonusi yo‘qolishi ko‘pincha siydik tuta olmaslik, libido pasayishi yoki uning butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Bu insonning emotsional holati va jinsiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi.
Tos tubi mushaklari tonusini qanday oshirish mumkin? Ko‘pchilik Kegel mashqlari haqida eshitgan bo‘lsa kerak. Ular sezilarli natija beradi, lekin ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. BTL Emsella apparati esa minimal vaqt sarfi bilan samarali alternativ hisoblanadi!
Atigi 28 daqiqa kresloda o‘tirish 8 soat to‘g‘ri bajarilgan Kegel mashqlariga teng!
EMSELLA — bu noyob, jarrohliksiz va invaziv bo‘lmagan usul bo‘lib, elektromagnit maydon yordamida tos tubi mushaklarini chuqur stimulyatsiya qiladi. Jarayon mutlaqo qulay, og‘riqsiz va bemordan hech qanday harakat talab qilmaydi.
Emsella kimlar uchun tavsiya etiladi?
Ayollar uchun:
siydik tuta olmaslik holatlarida
jinsiy disfunksiya mavjud bo‘lsa
qin devorlari tushishi holatlarida
tug‘ruqdan keyin tiklanish uchun
Erkaklar uchun:
prostatitni oldini olish va davolash uchun
prostata jarohatlaridan keyin
intim hayot sifatini yaxshilash uchun
operatsiyalardan keyin
Davolashdan oldin shifokor bilan maslahat zarur, u sog‘lig‘ingizni baholaydi, individual dastur tuzadi va savollaringizga javob beradi.
Tana holatingizga e’tiborli bo‘ling va sog‘lom bo‘ling!
de factum klinikasida Emsella muolajasiga yozilish uchun (55) 508 00 00 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.