Блог UZ

Jigarni noinvaziv tekshirish

FibroScan apparati jigar to‘qimasining shikastlanish darajasini jarrohlik aralashuvisiz aniqlash uchun klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan birinchi qurilmadir. Bu sizning tanangizga hech qanday asbob kiritilmasligini anglatadi.

Har yili FibroScan apparati yordamida 1,5 million odam tekshiruvdan o‘tadi. Ushbu noyob va aniq samarali qurilma davolash bo‘yicha qaror qabul qilishga yordam beradi va bemorni keyingi kuzatuv imkoniyatlarini kengaytiradi.

Nima uchun de factum klinikasida aynan ushbu qurilma qo‘llaniladi:

FibroScan foydalanish uchun oddiy

To‘liq tekshiruv 5 daqiqadan oshmaydi

Tadqiqot natijalari darhol olinadi

Elastiklikni miqdoriy baholash

Aniq natijali noinvaziv diagnostika

Fibroskan va UZI o‘rtasidagi farq nima?

Oddiy UZI faqat to‘qima zichligini aniqlaydi. Fibroskan esa jigar konturlari, uning funksionalligi va morfologik belgilarini hamda to‘qima zichligini tahlil qiladi.

Sog‘lig‘ingizni asrang, jigar kasalliklarini erta bosqichda oldini oling.

de factum®da FibroScan yordamida profilaktik tekshiruvga yozilish mumkin.